Shahram G‘iyosov profringda 41ta g‘alaba qozongan bokschi bilan jang o‘tkazadi

Olimpiya o‘yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G‘iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu kuni hamyurtimizga meksikalik charm qo‘lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda beshta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. To‘rtta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.
27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41tasida u g‘alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas