Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda erkak o‘ziga qo‘shib oila a’zolarini ham yoqib yubordi. So‘ng...

Shahrisabzda erkak o‘ziga qo‘shib oila a’zolarini ham yoqib yubordi. So‘ng...

Foto: «Astrahan.bezformata.com»

Shahrisabzda erkak o‘ziga qo‘shib o‘z oila a’zolarini ham yoqib yuborganiga oid xabar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, voqea 28-iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni shahrisabzlik S. N. (40 yoshda, muqaddam sudlangan, MChJ rahbari) turmush o‘rtog‘i Z. O. (1985-y.t.) va 3 nafar farzandlari bilan qarindoshinikida mehmonda bo‘lib qaytishayotganda o‘zaro janjallashib qolishadi. Janjal oqibatida oila boshlig‘i boshqaruvidagi «Lada vesta» rusumli avtomashinani to‘xtatib, eshiklarini ichkaridan qulflaydi va (mashina) salonining old o‘rindig‘i yonidagi yelim idishdagi benzinni o‘zi, xotini va farzandlari ustiga sepib, «zajigalka» bilan yoqib yuboradi.

Shu atrofdagi odamlarning yordami va ko‘magi bilan oila shifoxonaga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Voqea joyida uch nafar farzandning biri (qiz) vafot etdi.

Holat bo‘yicha Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o‘ldirish (Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v,j» bandlari) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani alohida ta’kidlanadi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring