Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharofiddin Boltaboyev bronza medali uchun kurashadi

Sharofiddin Boltaboyev bronza medali uchun kurashadi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev o‘tish bosqichida qatnashadi.

Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari medali uchun kurashni davom ettiradi. Chorak finalda janubiy koreyalik Li Jun Xvan bilan bellashgan Boltaboyev mag‘lubiyatga uchradi.

Endi u bronza medali uchun o‘tish bosqichida tojikistonlik Somon Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqadi.

Avvalroq Boltaboyev fransiyalik Omar Jalo ustidan g‘alaba qozonishga erishgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring