Shavkat Mirziyoyev bugun ham videoselektor o‘tkazadi

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq prezident sport ta’limini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan selektor o‘tkazgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter