Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib boryapti»

Shavkat Mirziyoyev: «Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib boryapti»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumanida quriladigan quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

— Dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib boryapti. Biz iqtisodiyotimiz, mudofaamizni mustahkam qilib, ishonch bilan jonajon vatanimizning qudratini ko‘tarishga harakat qilishimiz kerak.

...Biz yerlardan unumli foydalana olmayapmiz. Qoraqalpog‘iston yeri 2 million xalqni bemalol boqa oladi. Nima qilish kerak? Aql va izlanish bilan, innovatsiya bilan undan foydalanish kerak. Qoraqalpog‘istonning havosi ham foyda berishi aniq. Necha yillar davomida bu yer energetika tanqisligini boshdan kechiryapti. Nega biz bunga ko‘p e’tibor beryapmiz? Agar biz katta korxonalar qurmoqchi bo‘lsak, keladigan investor ham «infratuzilmang bormi, gazing, suving, yo‘ling, temiryo‘ling, aeroporting bormi deb so‘raydi. Korrupsiya bo‘lmaydimi, deb savol beradi.

...  Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi 20ga yaqin yetakchi kompaniyalar o‘rtasida o‘tgan tanlovda 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSh senti tarif taklifi bilan g‘olib deb topilgan edi. Buyam adolat, raqobat», — dedi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring