Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Eronda qolib ketgan vatandoshlarimizni olib kelishga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Eronda qolib ketgan vatandoshlarimizni olib kelishga topshiriq berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Eron Islom Respublikasi hukumati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yangi koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan tibbiy buyumlar va vositalar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilgan edi.

Hukumat portalining xabar berishicha, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Eronning ushbu murojaatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mazkur xavfli infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya qiluvchi kombinezonlar, maxsus tibbiy formalar, niqoblar, doka, spirt, gigiyenik gellar va dori vositalari singari umumiy og‘irligi qariyb olti tonna bo‘lgan tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuborilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yukini shakllantirish va yetkazib berish uchun mas’ul etib belgilangan.

Shuningdek, Prezidentimizning alohida ko‘rsatmasiga muvofiq, Mudofaa vazirligi tomonidan Eronga insonparvarlik yukini yetkazish uchun ajratilgan havo kemasida ayni jarayonda Eronda qolib ketgan 14 nafar yuk tashuvchi xaydovchilar, tadbirkorlar, talabalar – jami 28 nafar vatandoshimiz olib kelinadi. Ular va samolyot ekipaji a’zolari qaytib kelgach, belgilangan tartibda malakali shifokorlar, soha mutaxassislari nazorati ostida ikki hafta muddatda karantinda saqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring