Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Minskda Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Minskda Putin bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Belarus poytaxtidagi tadbirlar doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Muzokaralar haqida Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.

“Davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi”, — dedi Kreml matbuot kotibi jurnalistlar bilan suhbatda.

Juma kuni Minskda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining tor formatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlarining uchrashuvi Mustaqillik saroyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan video aloqa orqali sammitga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring