Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Odamlarni uyg‘otish kerak» (video)

Shavkat Mirziyoyev: «Odamlarni uyg‘otish kerak» (video)

Shavkat Mirziyoyevning Tomdi aholisi bilan muloqoti.

Foto: «President.uz»

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-mart kuni Navoiy viloyatida bo‘ldi.

Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining Navoiyga tashrifiga bag‘ishlangan videorolikni namoyish etdi. Unda Shavkat Mirziyoyevning viloyat aholi bilan uchrashuvlarida aytgan eng muhim fikrlari o‘rin olgan.

«Navoiydagi odamlar bilan uchrashib, bitta narsaga xursand bo‘ldim: navoiylik tadbirkorlarning dunyoqarashi o‘zgaryapti. Men ularning ko‘ziga qarayapman. Ularning ko‘zi bitta narsani aytyapti: agar sen bizni qo‘llasang, biz senga yordam beramiz. Men nega ularni qo‘llamayman? Albatta qo‘llayman. Sekin-sekin shular bizning iqtisodiyotimizni barqaror qiladi».

Prezident o‘zining Tomdi tumaniga tashrifi haqida hazil aralash shunday deydi: «Bilasizlarmi, kecha kelganimdayam kelolmasdik, havo yomon edi. Baribir vertolyot u derdi, «oxrona» bu derdi, ularga bahona bo‘lsa bo‘ldi. Sizlarni ko‘rganim uchun yuragimdan xursandman, o‘zimga kuch olib ketyapman».

Odamlar turib harakat qilishi kerak, odamlarni uyg‘otish kerak. Bitta narsani o‘n marta bo‘lsayam qaytaraman: hech kim O‘zbekistonni, Navoiyni, Xatirchini, Tomdini tashqaridan kelib boqib bermaydi. Beshta rahbar birlashib, bitta g‘oya, uyam bo‘lsa, xalq uchun xizmat qilishi kerak», dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring