Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Shri-Lanka Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Shri-Lanka Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shri-Lankada yuz bergan portlashlar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Maytripala Sirisenaga hamdardlik bildirdi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 aprel sanasida, Shri-Lankada katoliklarning pasxa bayrami vaqtida cherkov va mehmonxonalarda portlashlar bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 207 kishi halok bo‘lgan va besh yuzdan ortiq insonlar yaralangan.

Halok bo‘lganlarning 35 nafari xorij fuqarolaridir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring