Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘zaro tabrik almashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bir-biriga tabrik yo‘lladi.
«Bugun O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi ochiqlik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida faol rivojlanmoqda.
Amaliy hamkorligimizning barcha muhim yo‘nalishlarida yaqin va doimiy muloqot qilish imkonini beruvchi noyob, samaradorligini isbotlagan mexanizmlarga asos solindi.
O‘zaro savdo rekord ko‘rsatkichlarga yetdi. Keng ko‘lamli sanoat kooperatsiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda. Gumanitar hamkorlik rivojlanmoqda, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, san’at va ta’lim sohalaridagi aloqalar kengaymoqda»,—deyiladi O‘zbekiston prezidenti tabrigida.
Vladimir Putin o‘z tabrigida «Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini bundan buyon ham har tomonlama mustahkamlashimizga ishonaman. Bu, hech shubhasiz, do‘st xalqlarimizning manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadlariga mosdir»,—deya ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter