Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoydan qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Xitoydan qaytib keldi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etish uchun Xitoyga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus Respublikasi Prezidenti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Prezidentimiz «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring