Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yana bir qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yana bir qonunni imzoladi

Kadr: «YouTube»

2018-yil 28-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar «Mediatsiya to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqib, uni ma’qullagan edilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kecha, 3-iyul kuni «Mediatsiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini imzoladi. Unga ko‘ra, ushbu qonunning maqsadi mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining mediatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Ushbu qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qo‘llash bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin bo‘lgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hujjatning to‘liq matni O‘zA saytida berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring