Shavkat Mirziyoyevning Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi. «Vnukovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzatib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter