Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherali Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

Sherali Jo‘rayev Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘ldi

Jo‘rayev Sherali Xolmahamadovich Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1984 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – amaliy matematika, moliya, davlat boshqaruvi.

Sh. Jo‘rayev mehnat faoliyati davomida tuman hokimining o‘rinbosari, viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring