Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT rasmiy yalpi majlisi: unda nimalar ko‘rildi?

ShHT rasmiy yalpi majlisi: unda nimalar ko‘rildi?

“ShHT Xalq diplomatiyasi forumi va Birodar shaharlar forumi”ning rasmiy yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

 Markaz vakillari joriy yil 4 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shenyang shahrida “ShHT Xalq diplomatiyasi forumi va Birodar shaharlar forumi”ning rasmiy yalpi majlisida  ishtirok etdi.

Tadbirda ShHTga a’zo, kuzatuvchi va muloqotchi maqomidagi davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etdi.

Forumlar ShHTning Xitoydagi Qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik qo‘mitasi, Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati va Lyaonin viloyati xalq hukumati tomonidan tashkil etilgan.

Tadbirlarda ShHTga a’zo mamlakatlardan 400 nafarga yaqin vakil ishtirok etmoqda. Asosiy mavzular sifatida xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, barqaror rivojlanish va shaharlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida Lyaonin provinsiyasi gubernatori, ShHT Bosh kotib, Xitoy yaxshi qushnichilik, do‘stkik va hamkorlik qo‘mitasi raisi hamda Tashkikotga a’zo mamlakatlar rasmiy vakillari  so‘zga chiqib, xalq diplomatiyasining bugungi zamonaviy xalqaro munosabatlardagi ahamiyati, o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.

 Marosimi yakunida  ShHT mamlakatlarning  tashkilotlari, tahlil markazlari va birodar shaharlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring