Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor: ular koronavirusga oson chalinishadi va og‘irroq o‘tkazishadi

Shifokor: ular koronavirusga oson chalinishadi va og‘irroq o‘tkazishadi

Foto: «Primorye24.ru»

Nashavandlar COVID-19ga oson chalinishadi va og‘irroq o‘tkazishadi. Bu haqda Rossiya narkologiya ilmiy markazi psixiatr-narkologi Tatyana Klimenko ma’lum qildi.

«Giyohvandlikdan qiynalayotgan bemorlar koronavirusga ko‘proq duchor bo‘lishadi, ularda kasallik og‘irroq kechadi, asoratlari ham jiddiyroq bo‘ladi. Ular virusni osongina yuqtirib olishadi», — deydi Klimenko.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, xuddi shunday holat barcha surunkali kasalliklarda, kashandalik va ichkilikbozlikda kuzatiladi.

Shu bilan birga, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, faqat remissiya bosqichidagi bangilarnigina koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring