Shimoliy Koreya Janub bilan chegarada askar to‘play boshladi
KXDR rasmiy Seulning razvedka yo‘ldoshi uchirilishi haqidagi tanqidiga javoban chegaraga qo‘shimcha askar va texnikani tashlashga qaror qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida aytiladi.
«Biz demarkatsiya chizig‘i hududiga yanada ko‘proq kuchlar va yangi harbiy texnikani joylashtiramiz», — deyiladi Shimoliy Koreya Milliy Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ular, shuningdek, agar Shimol va Janub o‘rtasida tuzatib bo‘lmaydigan mojaro yuzaga kelsa, «Koreya Respublikasi to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi»ni qo‘shimcha qilishdi.
Shimoliy Koreya, shuningdek Janubiy Koreya bilan 2018-yilda imzolangan kelishuvga ko‘ra to‘xtatilgan barcha harbiy choralarni tikladi. Pxenyan Seulning «qasddan va provokatsion manevrlari» kelishuvni yo‘qqa chiqarganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter