Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodovdan golli paslar. «Roma» yirik g‘alaba qayd etdi

Shomurodovdan golli paslar. «Roma» yirik g‘alaba qayd etdi

Italiyaning «Roma» klubi futbol bo‘yicha Yevropa Konferensiyalar Ligasining 1-turida «SSKA Sofiya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Uchrashuvda Eldor Shomurodov ikki bor golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa «Roma» Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichidagi ilk o‘yinni yirik g‘alaba bilan boshladi. Shomurodov esa 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Roma» Italiya – «SSKA Sofiya» 5:1

Gollar: 0:1 – 10 Keri, 1:1 – 25 Pellegrini, 2:1 – 38 ash-Shaaravi, 3:1 – 62 Pellegrini, 4:1 – 82 Manchini, 5:1 – 84 Abraham.

«Roma» – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Rojer, 46), Smolling, Manchini, Kalafyori (Kumbula, 77), Pellegrini (Abraham, 75), Vilyar (Veretu, 58), Diavara (Kristante, 58), ash-Shaaravi, Shomurodov, Karles Peres.

«SSKA Sofiya» – Buzatto, Turitsov (Donchev, 74), Matey, Galabov, Maziku, Yomov (Be, 68), Lam, Muxar, Keri, Krastev (Axmedov, 87), Vildsxut.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Tottenhem» safarda «Renn» bilan 2:2 hisobini qayd etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring