Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shunga shu-unchami?»

«Shunga shu-unchami?»

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosi xodimi biror xonadonga borib, gaz yoki elektr tarmog‘ini ko‘zdan kechirishni boshlasa, bundan xursand bo‘ladigan yo‘q hisobi. Yo‘q joydan tekin tomoshabinlar serob bo‘lishini ayting! Uy egalarining-ku qoshlari chimirilib, yuzlari gezarib, ich-ichidan xodimning yetti pushtini «alqashga» o‘tishi-chi?!

Yo‘q, bo‘rttirmayapmiz: umumiy manzara shunday. Holbuki, ularning sa’y-harakatlari bilan qancha o‘g‘rilik, o‘zboshimchalik fosh etilib, to‘lovlar undirilmoqda.

Birgina misol. Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan o‘tgan to‘rt oyda 776 nafar iste’molchining elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etgani aniqlangan. Ushbu orqali ta’minotchi korxonalarga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard. 681 million so‘mni tashkil etgan.

Bu bitta viloyatda to‘rt oyida aniqlangan fakt. Yana deng, elektr energiyasi bo‘yicha. Gaz ta’minoti, suv foydalanganlik bo‘yicha fosh etilgan qing‘irliklarni hali aytmadik. Bularni butun mamlakat miqyosida tasavvur qilib, xom-cho‘t qiling-chi?

Ha, tasavvurga sig‘mayaptimi? Shunaqa...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring