Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariya prezidenti dunyoni «jiddiy inqiroz»dan ogohlantirdi

Shveysariya prezidenti dunyoni «jiddiy inqiroz»dan ogohlantirdi

Shveysariya prezidenti Alen Bersetga ko‘ra, dunyo Ukraina urushi tufayli jiddiy inqirozga yuz tutmoqda.

Bu Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta inqiroz bo‘lishi mumkin. 

Berset Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida vaziyatga shunday baho berdi. Davlat rahbari Rossiyani Ukrainada urush boshlash orqali «xalqaro huquq va xalqaro institutlarga hujum qilishda» aybladi.

Shveysariya rahbariga ko‘ra, Rossiyaning bu ishi dunyodagi mavjud tartibga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 24-fevralda Rossiya kuchlari Donbass aholisini himoya qilishni ro‘kach qilgan holda Ukraina hududlariga hujum boshlagandi. Harbiy harakatlar hanuz davom etmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring