Soliq boshqarmasi fuqaro murojaatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda

Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasida o‘rnatilgan “Ishonch telefoni”ga yuridik va jismoniy shaxslardan ko‘plab murojaatlar qabul qilinmoqda. Yil boshidan buyon yuzdan ortiq bo‘lgan murojaatlarda narxlarning sun’iy oshirilishi, to‘lov terminallarining o‘rnatilmaganligi, nazorat kassa mashina chekining berilmaganligi, belgilangan savdo qoidalarining buzilishi kabi holatlar bayon etilgan, deb xabar beradi boshqarma matbuot xizmati.
Guliston tumanida yashovchi fuqaro F.M.ning murojaatida oziq-ovqat mahsulotlarini bank plastik kartalari orqali xarid qilishda muammolar yuzaga kelayotgani qayd etilgan. Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda Guliston shahar dehqon bozori hududida oziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdo qilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor N.A. to‘lov terminal apparatini ishlatmasdan faoliyat yuritayotganligi aniqlangan. Tadbirkor bilan tegishli tartibda profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, 2018 yilning uchinchi chorak yakuni bo‘yicha Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan 80 dan ortiq murojaat kelib tushgan, Sirdaryo viloyat Xalq qabulxonasidan esa 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter