Sirdaryoda «Afrosiyob»ning shamolidan uchib ketgan odamning oyog‘i sindi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 24-yanvar kuni soat 19:00 larda Oqoltin tumanida yashovchi, 1969-yilda tug‘ilgan B.M. mast holda N.Zokirov ko‘chasidan o‘tuvchi temir yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan.
O‘sha paytda 761-sonli «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdining shamoliga uchib ketib, shu yerda to‘xtab turgan yuk poyezdi vagoniga urilgan va jarohat olib, «o‘ng oyoq son suyagining o‘rta uchligidan ochiq sinish» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter