«Siz tomon yo‘l oldik» loyihasini Qashqadaryoda qarshi oling

18-19-may kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Qashqadaryo viloyati bo‘ylab xizmat safarida bo‘lishadi.
Loyiha doirasida viloyatning davlat va boshqaruv organlari xodimlariga «Elektron hukumat» va my.gov.uz (YaIDXP) – elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar tashkil etilib, hudud aholisining amaliy va bilim ko‘nikmalari oshiriladi.
Demak, «Siz tomon yo‘l oldik» loyihasini Qashqadaryoda ushbu manzillarda qarshi oling:
- Qarshi shahri
- G‘uzor tumani
- Koson tumani
- Shahrisabz tumani
O‘quv mashg‘ulotlarda ishtirok etishni xohlaganlar quyidagi raqamlar bilan bog‘lanishlari mumkin:
- +998 55 501 36 16,
- +998 95 222 22 38
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter