Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Snayper-qiz: fashistlarni qirgan o‘zbek qizi haqida kino olinadi

Snayper-qiz: fashistlarni qirgan o‘zbek qizi haqida kino olinadi

Ikkinchi jahon urushi paytida 100 dan ortiq fashistlarni snayper orqali yer tishlatgan o‘zbek qizi Zebo G‘aniyeva haqida kino suratga olinadi.

O‘zbekiston va Belarus kino ijodkorlari shunday kelishuvga erishgan. Kelishuvga ko‘ra, birinchi film namanganlik qahramon Mamadali Topvoldiyev haqida bo‘lib, unda bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etishi haqida yozgandik.

Ikkinchi kartina aynan Zebo G‘aniyeva haqidadir. Zebo 1923 yilda Ozarbayjonning Shamaxa shahrida tug‘ilgan. Uning otasi ozar, onasi o‘zbek bo‘lgan. 1941 yilda qizil armiya safiga ko‘ngilli bo‘lib qo‘shilgan.

Zebo G‘aniyeva rolini kim ijro etishi hozircha ma’lum emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring