Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq islohotida jamoatchilik fikri o‘rganiladi

Soliq islohotida jamoatchilik fikri o‘rganiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligi va DSQga har hafta tadbirkorlar bilan uchrashish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushgan savollar va tizimli masalalarni muhokama qilish, ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borishni topshirgan.

«Oxirgi soliq ma’murchiligi bo‘yicha o‘zgarishlar tadbirkorlar o‘rtasida ko‘plab tushunmovchilik va savollarni keltirib chiqardi. Shuning uchun, topshirig‘imga ko‘ra, Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi huzurida yirik tadbirkorlar, olimlar va faol jamoatchilar ishtirokida Jamoatchilik kengashi tuzildi», degan prezident.

Ruxsatnoma berish talablarini soddalashtirish ham tizimli ravishda davom ettirilishi aytilgan. Bugungi kunda 200 dan ortiq sanitariya talablari mavjud bo‘lib, ularning 20 tasiga amal qilishning umuman imkoni yo‘q. Shu munosabat bilan:

  • ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya talablarini qayta ko‘rib chiqib, eskirgan talablarni bekor qilish;
  • yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring