Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi soatlar ichida faqat uchta hududda koronavirus holati qayd etildi

So‘nggi soatlar ichida faqat uchta hududda koronavirus holati qayd etildi

Foto: «Golos.ua»

2020-yil 24-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 966 (+132) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 359 nafar, Toshkent viloyatida 121 nafar, Namangan viloyatida 60 nafar, Jizzax viloyatida 28 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 2 nafar hamda Sirdaryo viloyatida ham 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 50 441 (+609) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3078 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring