Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soyadagi kontrabanda: Farg‘ona vodiysi noqonuniy sigaretlarga qarshi qanday kurashmoqda

Soyadagi kontrabanda: Farg‘ona vodiysi noqonuniy sigaretlarga qarshi qanday kurashmoqda

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki mahsulotlari tarqashining markazi hanuz Farg‘ona vodiysi bo‘lmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari sa’y-harakatlari tufayli butun mamlakat bo‘yicha noqonuniy savdo ulushi 2023 yildagi 22% dan 2025 yilda 9% ga tushgan bir paytda Farg‘ona vodiysida noqonuniy savdoning ulushi 17% dan oshadi. Bu esa, Farg‘ona vodiysida sotiladigan har beshinchi sigaret – noqonuniy, deganidir. Vodiyda «chempionlar» sirasiga, har doimgidek, Namangan (qariyb 24%), Qo‘qon (25% dan yuqori) va Marg‘ilon (25% dan yuqori) kiradi.

2024 yilda Farg‘ona vodiysida noqonuniy sigaretlar ulushi 35% ni tashkil qildi. Ekspertlar baholashiga ko‘ra, bu 2024 yilda Farg‘ona vodiysida qariyb 700 million noqonuniy sigaret sotilganini anglatadi, bu esa faqat Farg‘ona vodiysidagi noqonuniy savdo sababli davlat budjetiga taqriban 250 milliard so‘m miqdorida ziyon yetkazilgan, deganidir. Budjetlararo transferlar bo‘yicha axborotga ko‘ra, 2024 yilda Farg‘ona vodiysidagi 3 viloyatning yalpi xarajatlari daromadlardan 6 trillion so‘mga ko‘p bo‘lgan, ular budjetlararo transferlar yo‘li bilan «qoplangan». Vaholanki, bu taqchillik noqonuniy savdoga qarshi kurashni faollashtirish hisobiga qisqartirilishi mumkin edi.

O‘zbekiston Respublikasi «2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni 12-moddasiga muvofiq, tamaki mahsulotiga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar birinchi marta to‘liq hajmda aholi soni ulushiga muvofiq hududiy budjetlarga o‘tkaziladi. Bu joylardagi, birinchi navbatda Farg‘ona vodiysidagi hududiy hokimiyatlarni noqonuniy sigaret savdosiga qarshi faolroq kurashga rag‘batlantiradi. Chunonchi, masalan, mazkur Qonunning 7-ilovasiga muvofiq, Samarqand viloyati sigaretga aksiz solig‘i hisobidan 362 milliard oladi, holbuki, Namangan viloyatiga atigi 263 milliard tegadi. Buning bevosita sababi – 2024 yilda Samarqand viloyatida noqonuniy sigaretlar o‘rtacha ulushi 12% ni tashkil qilgan, Namanganda esa – 34% dan yuqori bo‘lgan.

Bundan tashqari – kontrabanda va yashirin aylanmaga qarshi yetarlicha samarali bo‘lmagan kurash yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga olib kelyapti, shu sababli barcha yo‘nalishlarda faoalroq ishlash zarur. Bu kontrabanda, mamlakat ichida noqonuniy yuk tashish, noqonuniy mahsulot sotishning oldini olish bo‘yicha ma’muriy choralarga, ma’rifat va targ‘ibotni kuchaytirish, kontrafakt mahsulotni ommaviy yo‘q qilish va boshqalarni ko‘zda tutuvchi ommaviy-ma’rifiy choralarga tegishli.

Toshkentda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi o‘sishining pasayishidan keyin bu yo‘nalishda mas’ul tuzilmalarning viloyat bo‘linmalari ham faollashdi. Chunonchi, Namanganda viloyat va shahar soliq boshqarmalari xodimlari, bozorlar ma’muriyatlari vakillari va ko‘ngillilar ishtirokida maxsus reydlar va shahar aholisiga axborot flayerlarini tarqatish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazildi. Materiallarda O‘zbekiston davlat budjeti va fuqarolar salomatligiga tamaki kontrabandasi keltirayotgan jiddiy ziyon qayd etilgan. Shuningdek, aholining nazoratdagi ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan «Soliq hamkori» mobil ilovasi haqida ham axborot tarqatilgan.

Bulardan tashqari, qo‘lga olishlarda bir xil sigaret rusumlari zikr etilishiga ham e’tibor berish lozim. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ekspertlari o‘z tadqiqotlarida ham bu faktni tasdiqlaydilar. Ehtimol, mas’ul organlar bunga e’tibor qaratishlari kerakdir, zero ishlab chiqarishga bosim ko‘rsatishning uchta kuchli yo‘li mavjud: sertifikatlash, markirovkalash kodlari va aksiz markasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring