Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Spark» uchun 500 dollar «shapka» olganlar ushlandi

«Spark» uchun 500 dollar «shapka» olganlar ushlandi

Foto: «auto-uzbekistan.com/»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Prokuratura.uz».

Tezkor tadbirda «Sirdaryoavtotexxizmat» MChJ mutaxassisi E. va boshqalar firibgarlik yo‘li bilan fuqaro Sh.ga Toshkent shahri avtosalonlaridagi tanishlari orqali «Spark» rusumli avtomashina sotib olish uchun shartnoma olib berish evaziga 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan «Sirdaryoavtotexxizmat» MChJ mutaxassisi E. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring