SSV kecha koronavirus aniqlangan va vafot etgan bemorlar sonini ma’lum qildi

2021-yil 7-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93978 (+381) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 11 nafari Buxoro viloyatida,
- 7 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 8 nafari Namangan viloyatida,
- 80 nafari Samarqand viloyatida,
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 15 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 6 nafari Xorazm viloyatida,
- 62 nafari Toshkent viloyatida,
- 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 89703 (+365) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushgan.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter