SSV koronavirusdan himoyalanishga undovchi SMSlar tarqata boshladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi 4-martdan boshlab aholini koronavirusdan himoyalanish haqida SMS xabarlar orqali ogohlantira boshladi, deb xabar bermoqda «Daryo».
«Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving!» — deyiladi vazirlik tomonidan yuborilgan birinchi SMS xabarda.
5 mart kuni esa mobil aloqa foydalanuvchilariga Sog‘liqni saqlash vazirligining ikkinchi ogohlantirishi yetib keldi. Unda vazirlik aholidan og‘iz va burunni yopib yurishni so‘ramoqda:
«Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Og‘iz va burningizni yengingiz, salfetka yoki dastro‘mol bilan yoping».
Eslatib o‘tamiz, 3 mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter