Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV koronavirusga chalinganlar soni oshganini ma’lum qildi

SSV koronavirusga chalinganlar soni oshganini ma’lum qildi

2020 yil 10 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2411 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bugun, 10 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2387 nafarga yetgani aytilgan edi. O‘tgan soatlar davomida yana 24 kishida koronavirus aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ertalab koronavirusga chalinganlarning 38 ta yangi holati qayd etilgan edi. Kun davomida kasallik aniqlanganlar umumiy hisobda 62 kishiga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring