SSV kunlik statistikani e’lon qildi

Kecha yurtimizda 531 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yil 13 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165421 (+531) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 19 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 13 nafari Jizzax viloyatida,
- 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 17 nafari Namangan viloyatida,
- 41 nafari Samarqand viloyatida,
- 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 93 nafari Toshkent viloyatida,
- 214 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 157759 (+620) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1164 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter