Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Startaplar maktablardan boshlanadi — 100 milliard so‘m grant ajratiladi

Startaplar maktablardan boshlanadi — 100 milliard so‘m grant ajratiladi

Illyustrativ foto

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun «mohirlik va biznes soati» kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili «Eng yaxshi kreativ g‘oya» tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT Park «RnD» markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida «Startap-ekspo» ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring