Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud ikki yoshli bemor farzandini kaltaklagan ayolga hukm o‘qidi

Sud ikki yoshli bemor farzandini kaltaklagan ayolga hukm o‘qidi

Joriy yil 16-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumanida ayol o‘zining 2 yoshli bemor bolasini shafqatsizlarcha kaltaklagani aks etgan videotasvir tarqalgan va jamoatchilik o‘rtasida keskin munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Keyinroq mazkur holat nazoratga olingani va ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudida mazkur jinoiy ish yuzasidan sud hukmi o‘qildi.

Unga ko‘ra, o‘z farzandini qiynagan ayolga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sud jarayonida ayol qilgan ishidan pushaymonligini ma’lum qilib, farzandining sog‘lig‘idagi muammolar haqida to‘xtalgan.

«Bo‘ynini tutolmaydi, o‘tira olmaydi, ovqat yeya olmaydi», – deydi ayol o‘z farzandi haqida.

Shuningdek, sudda bolaning qonuniy vakili hisoblangan buvi kelinini onalik huquqidan mahrum qilib, nabirasini unga olib berishlarini so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat Payariq tumani Boshqo‘rg‘on mahallasida yashab kelayotgan, 1988-yilda tavallud topgan, ruhiy sog‘lom, turmush o‘rtog‘i bilan yashab kelayotgan ayol tomonidan 2020-yilda tug‘ilgan farzandini davolatish uchun shifoxonaga olib borganda, stress va asabiy holatda sodir etilgani aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring