Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud Moldova prezidentini lavozimidan chetlashtirdi

Sud Moldova prezidentini lavozimidan chetlashtirdi

Moldova parlamentar respublika bo‘lib, deputatlar orasida Dodonga qarshilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu bois prezident va parlament orasida doimo kelishmovchiliklar kelib chiqadi.  

Foto: Kapital.kz

Bu haqda turli manbalarga tayangan holda lenta.ru xabar bermoqda.

Endilikda davlat rahbari vazifasini parlament raisi Andrian Kandu bajaradi va aynan u hukumat a’zolarini tayinlaydi. Bundan tashqari konstitutsion sud tashqi ishlar vaziri va hukumatning boshqa olti nafar a’zosini prezidentdan tashqari parlament raisi yoki bosh vazir ham tayinlashi mumkinligi to‘g‘risida qaror chiqardi. Sudga demokratik partiya a’zolari bo‘lgan deputatlar murojaat qilishgan va ular o‘z da’vosida prezident hukumat vakillariga nomzodlarni bir marta rad etish huquqi bo‘lgani holda ikki marta rad etganini, shu tarzda qonunni buzganini bildirishgan.

Dodon qarorga izoh berarkan, sud vakolatni tugatish bo‘yicha ishni noto‘g‘ri ko‘rib chiqqanini ta’kidlagan. U noto‘g‘ri tayinlangan vazirlar bilan yillar davomida ishlashdan ko‘ra, boshidanoq rad etishni afzal ko‘rishini bildirgan.  

Bunday holat birinchi marta ro‘y bermayapti. O‘tgan yilning oktyabr oyida ham sud prezidentning vakolatini vaqtincha to‘xtatgan, bunga uning mudofaa vaziri lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodni ikki marta rad etgani sabab bo‘lgandi.

Moldova parlamentar respublika bo‘lib, deputatlar orasida Dodonga qarshilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shu bois prezident va parlament orasida doimo kelishmovchiliklar kelib chiqadi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring