«Surxon» davlat qo‘riqxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Surxondaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, yong‘in oqibatida qurigan xashak va dov-daraxtlar yongan.
Yuz bergan yong‘in tegishli vositalar yordamida bartaraf etilgan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari, talafot ko‘rgan maydon va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
«Tan jarohati olganlar yo‘q», deyiladi xabarda.
Qo‘riqxona Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanining shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter