Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda 5 kishining o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Surxondaryoda 5 kishining o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 12-may kuni soat 09:50 larda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Uzunsoy mahallasidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1371 kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 59 yoshli haydovchi Sh.D. «Trecker» avtomobilida Toshkent-Sherobod yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi ZIL431410 rusumli yuk mashinasinin orqa tomoniga kelib urilgan.

Natijada:

  1. «Trecker» haydovchisi voqea joyida;
  2. haydovchining turmush o‘rtog‘i, 59 yoshli M.Sh. voqea joyida;
  3. 60 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi M.T. (ayol) shifoxonada;
  4. 44 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi R.E. (ayol) shifoxonada;
  5. 50 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi M.E. (R.E. ning opasi) shifoxonada vafot etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Trecker» haydovchisi Qashqadaryo viloyatidan Umra ziyoratidan qaytgan fuqarolarni olib kelayotgan bo‘lgan. ZIL yuk mashinasi esa nosozligi sabab yo‘l chetida to‘xtab turgan.

Ma’lumot uchun, YTH yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring