Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ayol 3 yoshli qizchani pichoqlab qo‘ydi

Surxondaryoda ayol 3 yoshli qizchani pichoqlab qo‘ydi

Joriy yil 1-may kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida ruhiy nosog‘lom bo‘lgan ayol 3 yoshli qizga hech bir sababsiz oshxona pichog‘i bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning «xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Gumonlanuvchi ayol esa protsessual tartibda ushlangan.

Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.

Hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring