Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bolalarning zaharlanishiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Surxondaryoda bolalarning zaharlanishiga nima sabab bo‘lgani aytildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida 2024 yil 18 yanvar kuni o‘quvchilar ovqatdan zaharlangani xabar qilingandi.

Bobalar ombudsmani qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, mazkur maktab internatga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida 33 nafar o‘quvchi «O‘tkir gastrit» alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa tezkor-tergov guruhi tomonidan o‘rganilishi natijasida maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishiga olib kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan 26.01.2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 186-moddasi 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring