Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda kuchli va xavfli dori sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Surxondaryoda kuchli va xavfli dori sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Surxondaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar A.A. va boshqalar fuqaro M.X.ga 100 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini har bir qadog‘ini 1 mln so‘mdan hisoblab 10 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring