Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda sudya bilan «gaplashib», jazoni yengillatishni va’da qilgan advokat qo‘lga tushdi

Surxondaryoda sudya bilan «gaplashib», jazoni yengillatishni va’da qilgan advokat qo‘lga tushdi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hay’ati advokati ichki ishlar idoralari tomonidan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 60 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX va Prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring