Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv ta’minoti kam sug‘oriladigan maydonlar hajmi qisqartiriladi

Suv ta’minoti kam sug‘oriladigan maydonlar hajmi qisqartiriladi

Foto: Xabar.uz

«O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun har yili Davlat budjetidan kamida 1,3 trln so‘m ajratish va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan 300 mln AQSh dollarini o‘zlashtirish;
  • suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish.

Qaror bilan Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika suv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, Qarorga ko‘ra, 2025-yil yakuniga qadar belgilangan 15 ta nasos stansiyasiga muqobil energiya manbalari (quyosh panellari) hamda energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish loyihasi amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring