Vazir o‘rinbosari shaxsiy mashinasida YTHga uchradi: vafot etganlar bor

Bugun, 2-yanvar kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohid Ahmadjonov Qamchiq dovonida YTHga uchragani haqida xabarlar tarqaldi.
Suv xo‘jaligi matbuot xizmati mazkur voqea izoh berdi.
Unga ko‘ra, vazir o‘rinbosari o‘z shaxsiy mashinasida Yangi yil bayramini oila davrasida kutib olish uchun ketayotgan bo‘lgan va dovonda avtohalokatga uchragan. Voqea oqibatida uning turmush o‘rtog‘i va qizi olamdan o‘tgan.
Shuningdek, avvalroq Namangan viloyati IIB ham ushbu hodisa bo‘yicha axborot bergan.
Holat bo‘yicha 2021-yil 1 yanvar kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz Vohid Ahmadjonov 2020-yil boshida vazirlikka ishga o‘tgandi.
Xabar.uz nashri marhumalarning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter