Tabiiy ofat yuz berganda mamlakatlarga qarz to‘lovini kechiktirish imkoniyati beriladi
Jahon banki, Amerikalararo taraqqiyot banki (ATB), Yevropa investitsiya banki (YeIB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) va Afrika taraqqiyot banki (AfTB), shuningdek, Buyuk Britaniya va Fransiya iqlim o‘zgarishiga qarshi qarzga chidamlilik qoidalarini («Climate-Resilient Debt Clauses», «CRDCs») kengaytirishga va’da berdi. Bu haqda shu kunlarda Dubayda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim bo‘yicha COP28 konferensiyasida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» nashri.
Ushbu qoidalar tabiiy ofat yuz bergan taqdirda qarzlarni to‘lashni to‘xtatib turishni nazarda tutadi va mamlakatga «nafas rostlab olishga» muhlat beradi va resurslarni qarzga emas tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga va uni tiklashga yo‘naltirishga imkon beradi.
Jami 73 davlat donorlarni 2025-yilgacha ushbu qoidalardan foydalanishni kengaytirishga chaqirdi.
«G‘ayrioddiy jasoratingiz uchun sizga rahmat aytmoqchiman. Biz har doim qarzimizni to‘lay olamiz, lekin jamiyatimizni to‘lay olmaymiz «, — degan Barbados bosh vaziri Mia Mottli COP28’da.
Jahon banki, xususan, tabiiy ofatlarga ayniqsa zaif bo‘lgan 45 tagacha kichik orol davlatlari «CRDCs» uchun munosib bo‘lishini e’lon qildi. To‘lovlar asosiy qarz va foizlar bo‘yicha ikki yilga to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, Jahon banki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun yiliga 40 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda, bu esa barcha daromadlarning 45 foizini tashkil etadi, dedi Jahon banki rahbari Ajay Banga.
YeTTB iqlim o‘zgarishi bo‘yicha qarz barqarorligi shartlarini bank mintaqalaridagi o‘rtacha daromadi past bo‘lgan mamlakatlardagi suveren va munitsipal mijozlarga beriladigan yangi kreditlarga kiritish majburiyatini oldi.
COP28 12 dekabrgacha davom etadi. Anjumanda 190 dan ortiq davlatdan 70 mingdan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter