Tadbirkor yoshlarga 130 mln so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

O‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lgan yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan «Ko‘mak» loyihasi ishga tushirildi.
Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun mo‘ljallangan.
Ushbu imtiyozdan foydalangan yoshlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun ushbu so‘rovnomani to‘ldirish lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter