Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tafsiri hilol» muharriri oilasining 7 a’zosi yong‘in qurboni bo‘ldi

«Tafsiri hilol» muharriri oilasining 7 a’zosi yong‘in qurboni bo‘ldi

Foto: «Vakillik.uz»

«Hilol» nashriyot-matbaasi va «Islom.uz» portali ushbu nashriyotda bir necha yillar davomida muharrir bo‘lib ishlagan, shayx hazratlarining «Tafsiri Hilol», «Kifoya» kabi ko‘p asarlarini ilk bor tahrir qilgan Shahobiddin hoji Odilovning yetti nafar oila a’zosi falokat tufayli halok bo‘lgani munosabati bilan omon qolgan barcha yaqinlari va qarindoshlariga chin ko‘ngildan ta’ziya izhor etdi.

«Taqdirning bu og‘ir sinovlarini chinakam mo‘minlarga xos sabru matonat bilan qarshi olishlarida Robbimiz madadkor bo‘lsin. Musibatzada ahli baytlarning qayg‘ulariga sherikmiz, chuqur hamdardlik bildirib, tilovat qilib, savobini marhumlarning ruhiga bag‘ishlaymiz», deyiladi xabarda.

Shu jumladan, tahririyatimiz nomidan vafot etganlarning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardligimizni izhor qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15-fevral kuni tonggi taxminan soat 4:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan shaxsiy xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring