Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailand «oltin viza» chiqaradi

Tailand «oltin viza» chiqaradi

Foto: Thailand Starts Here

Tailand $1 mln evaziga xorijliklarga «oltin viza» bermoqchi.

Sobiq bosh vazir Taksin Chinavat mamlakatga 1 mln AQSh dollari va undan ortiq sarmoya kiritganlarga uzoq muddatli yashash guvohnomalari taqdim etish va ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat berish taklifini kiritdi.

Dastur 600 ming qatnashchiga mo‘ljallangan va Tailand iqtisodiyotiga $600 mlrd atrofida sarmoya keltirishi mumkin, undan ta’lim va infratuzilmani rivojlantirishda foydalaniladi.

Bundan tashqari, havo transporini rivojlantirish maqsadida aeroport yig‘imini 300 bat (taxminan 9 dollar)gacha oshirish taklif qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring