Ta’lim inspeksiyasi: «Navbatdan tashqari attestatsiya muddati belgilandi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadli ko‘rsatkichlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni bosqichma-bosqich malaka toifalariga ega bo‘lishlariga erishish va oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar sonini oshirish vazifalari belgangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2015-2018 yillarda o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etgan pedagoglar uchun o‘z arizalariga ko‘ra, muddatidan ilgari attestatsiyasi 2019 yil iyun oyida o‘tkazilishi belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilishi davlat inspeksiyasi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berib o‘tdi.
Buning uchun ular o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasasi rahbariga yozma murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Ta’limni boshqarish bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari esa o‘z navbatida attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirib 2019 yil 1 iyunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari hamda pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron dasturiga kiritilishini nazoratga olishlari talab qilinadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-xunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risdagi nizomning tasdiqlash haqidagi» 392-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5-bandida «Pedagog kadrlar ularning yozma arizasiga binoan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkinligi», 64-bandida esa «Navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmasligi» ko‘rsatib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter