Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tamaki 2030-yilgacha 8 million insonning umriga zomin bo‘lishi mumkin

Tamaki 2030-yilgacha 8 million insonning umriga zomin bo‘lishi mumkin

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatimizning barcha hududlarida yuqumli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni muntazam tashkil etib kelmoqda.

Navbatdagi tadbir 8-iyun, shanba kuni «Tanlov sizdan: tamaki yoki sog‘lom o‘pkalar» shiori ostida o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Jumladan, ushbu ommaviy tadbirlar doirasida poytaxtimizdagi G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Sog‘liqni saqlash vazirligi, hamkor tashkilotlar hamda ahli ishtirokida 5 kilometrga faol yurish va gimnastika mashqlari uyushtirildi. Shu bilan birga, «Salomatlik maydonchasi», «Biz tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz» tadbirlari ham bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki mahsuloti undan foydalanuvchi insonlarning yarmidan ko‘pining o‘limiga sababchidir. Sigaretalar dunyo bo‘ylab yiliga qariyb 7 million odamning umriga zomin bo‘lmoqda. Ularning 6 milliondan ortig‘i iste’molchilar va sobiq tamaki iste’molchilari bo‘lsa, 890 mingdan ziyodiga esa tamaki tutuni sabab bo‘layotgani achinarlidir. Tamakiga qarshi keskin choralar ko‘rilmasa, 2030-yilga kelib yillik o‘limlar soni sakkiz milliondan oshishi mumkin.

Tamakitutunida 4000 dan ortiq kimyoviymoddalarmavjud bo‘lib, ulardan kamida 250 ta zararliva 50 dan ortig‘i kanserogenlardir. Odatiy chekish natijasida kelib chiqqan pastki nafas yo‘llarining infeksiyalaridan dunyoda yiliga 5 yoshgacha bo‘lgan 165 ming nafar bola nobud bo‘lmoqda. Katta yoshga yetganlari esa ikkilamchi tutunning ta’sirini sog‘ligida his qilib turishadi. Kichik yoshida nafas yo‘lida yig‘ilib qolgan infeksiya katta yoshda ushbu a’zoda kasalliklar rivojlanishi xavfini oshiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda kattalar orasida chekish ko‘rsatkichlariga ko‘ra, hozirgi kunda 2,8 million nafar sigaret chekuvchilardan 1,4 milliondan ziyodida (50foizi) chekish tufayli erta o‘lim xavfi mavjud va tamaki mahsulotlariga qarshi faolroq choralar ko‘rilmasa, bu raqam yanada ortishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni muntazam ravishda davom ettiradi. Xususan, iyun oyi davomida «Sog‘lom ovqatlanish– sog‘lom hayot demakdir», «Zararli odatlar – umr kushandasi», «Jismoniy faollik –uzoq umr ko‘rish garovi» shiorlari ostida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring