Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

Tanzila Norboyeva AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Senat.uz

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSh Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus»ning hamraisi, kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston–AQSh hamkorligining buguni va ertasi, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Xabarda aytilishicha, oxirgi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalar dinamikasida sezilarli faollik kuzatilmoqda. O‘zbekiston prezidentining ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosati ko‘p jihatdan bunga turki bo‘layotgani ta’kidlandi.

Ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida «O‘zbekiston–AQSh» parlamentlararo guruhi hamda AQSh Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus»ning sa’y-harakatlari e’tirof etildi.

Tomonlar hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring